Bugun Yangihayot tumani hokimligi, “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi Boshqaruvchi kompaniyasi va Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davomida jalb etilgan investor — “Tashkent Haihong Steel Pipe Industry” kompaniyasi vakillari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Yangi Avlod” MSZ hududida metall konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodini tashkil etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida qiymati 50 million AQSH dollarini tashkil etuvchi metall konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur loyiha yangi ish o‘rinlarini yaratish, sanoat salohiyatini oshirish hamda hududning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.