Umumiy ma’lumot

Maxsus "Yangi Avlod" sanoat zonasini Toshkent shahri Yangi hayot tumanida joylashgan. Loyiha 764,5 gektarlik sanoat hududini, rivojlangan logistik infratuzilma va boshqa ob’ektlarni, masalan, omborxonalarni, ma’muriy xonalarni va tijorat ob’ektlarini nazarda tutadi.

Park hududida ishlab chiqarish va turar-joy zonalarini joylashtirish, ofis va savdo-ko‘ngilochar majmualarni, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot markazlarini qurish rejalashtirilgan. Aslida, yuqori texnologiyali va raqobatbardosh innovatsion ishlab chiqarishga, yuqori eksport salohiyatiga ega bo‘lgan zamonaviy xalqaro ekoshahar qurilmoqda.

Industriya parkining rezidentlari sifatida kapital kelib chiqishi mamlakatidan qat’iy nazar har qanday kompaniya ishtirok eta oladi. Dunyo bo‘zorda investorlar uchun kuchli raqobatni anglab, davlat rezidentlar uchun qulay investitsion muhitni yaratdi, bu milliy qonunchilik, maxsus xalqaro bitimlar va majburiyatlar bilan kafolatlanadi, mislsiz imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etildi, alohida va mustaqil davlat boshqaruvi organi tashkil etildi, u kompleks ma'muriy xizmatlarni amalga oshiradi.

Investorlarga ijaraga yoki xususiy mulk sifatida er uchastkalarini, zarur muhandis-transport infratuzilmasi, aloqalar, tarmoqlar va ulanish nuqtalari bilan taqdim etish taklif etiladi. Bundan tashqari, kompaniyalar tayyor ishlab chiqarish xonalarini ijaraga olish yoki xususiy mulk sifatida sotib olishlari mumkin, ular standart ishlab chiqarish korpuslarida joylashgan bo‘lib, zarur infratuzilma bilan jihozlangan va ishlab chiqarishni eng qisqa vaqt ichida ishga tushirish uchun mo‘ljallangan.

Park hududida barcha zarur infratuzilma yaratiladi: zamonaviy yo‘llar, svetoforlar va velosiped yo‘laklari, quvurlar, suv ta’minoti ob’ektlari, suv olish inshootlari, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari, gaz ta’minoti ob’ektlari, elektr podstansiyasi va tarmoqlar va boshqalar.

Imtiyozli yo‘nalishlar
Avtomobilsozlik
Avtomobilsozlik
Mebel mahsulotlari
Mebel mahsulotlari
Metallurgiya
Metallurgiya
Qog‘oz mahsulotlari
Qog‘oz mahsulotlari
Og‘ir sanoat
Og‘ir sanoat
Elektrotexnika
Elektrotexnika
Yengil sanoat
Yengil sanoat
Farmatsevtika
Farmatsevtika
Oziq-ovqat sanoati
Oziq-ovqat sanoati
Logistika
Logistika
Qurilish materiallari
Qurilish materiallari
Tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va tibbiy xizmatlar
Tibbiy buyumlar ishlab chiqarish va tibbiy xizmatlar