“Yangi Avlod” Maxsus sanoat zonasi delegatsiyasining Xitoyning Shenchjen shahriga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Xitoy kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar yakunida umumiy qiymati 130 million AQSH dollari bo‘lgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik va niyat bitimlari imzolandi.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar:

• Intellektual texnologiyalar
• Sanoatni raqamlashtirish
• Innovatsion ishlab chiqarishlar
• Zamonaviy sanoat yechimlari

Mazkur kelishuvlar investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda “Yangi Avlod” Maxsus sanoat zonasi hududida zamonaviy sanoat ekotizimini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Xalqaro hamkorlik “Yangi Avlod”ning istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish va yangi avlod sanoatini rivojlantirish platformasi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda.