O‘zbekistonda alyuminiy bankalar ishlab chiqarish
Toshkent shahridagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida yangi investitsiya loyihasi — alyuminiy bankalar ishlab chiqarish va ichimliklarni qadoqlash zavodi amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatdagi o‘z turidagi birinchi yirik korxona bo‘lib, ichki bozor va eksport uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Asosiy ma’lumotlar:
• Investor: IP MCHJ East Can Solutions
• Investitsiya hajmi: 90 million AQSh dollari (shundan 18 millioni IFC krediti)
• Maydon: 21 gektar, ishlab chiqarish zonasi – 100 000 m²
• Ishlab chiqarish boshlanishi: 2025-yil iyun
• Yaratiladigan ish o‘rinlari: 500 tagacha
Ishlab chiqarish quvvatlari:
• Alyuminiy bankalar zavodi – yiliga 2,2 milliard dona (birinchi bosqichda – 1,1 milliard dona)
• Ichimliklarni qadoqlash – yiliga 650,9 million dona (alyuminiy banka va PET idishlarda)
Eksport va rivojlanish:
Mahalliy ishlab chiqarish importni to‘liq almashtiradi va xalqaro bozorlarga chiqish imkonini beradi. Mahsulotning 30 foizi Rossiya, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlariga eksport qilinadi. Kelgusida eksport hajmi yiliga 50 million dollargacha oshiriladi.
Ekologiya va texnologiyalar:
• AQSh va Yevropadan keltirilgan yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan uskunalar
• Ishlab chiqarish tannarxini kamaytiruvchi innovatsion yechimlar
• Alyuminiy bankalar – 100% qayta ishlanadigan qadoqlash turi
Toshkent – investitsiyalar va o‘sish uchun eng qulay joy
“Yangi Avlod” O‘PZda zamonaviy sanoat infratuzilmasining yaratilishi O‘zbekistonning yirik sanoat loyihalari uchun jozibadorligini tasdiqlaydi.
Biz ishlab chiqarish, qayta ishlash, logistika va innovatsiyalar sohalarida yangi investitsiyalar uchun ochiqmiz. Maxsus iqtisodiy zonalardagi soliq imtiyozlari va rivojlangan infratuzilma Toshkentni mintaqadagi eng qulay biznes markaziga aylantiradi.