Sanoat zonasiga bir qator istiqbolli investitsion loyihalar bilan tashriflar amalga oshirildi.

"Italheat" kompaniyasi direktori Yugay Andrey Pavlovich 1,5 gektar yer maydoniga quyidagi yo‘nalishlardagi loyihalari bilan qiziqish bildirdi:

  • Teploobmenniklar ishlab chiqarish;

  • Modulli isitish qozonlari tayyorlash;

  • Nasos stansiyalari ishlab chiqarish;

  • Korpusli mebellar tayyorlash.

Shuningdek, OOO "Provent Aircool Engineering" kompaniyasi direktori Pirmatov Sherzod Karamatillayevich 1 gektar yer maydoniga qiziqish bildirgan holda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihasini taqdim etdi:

  • Metaldan turli buyumlar va uskunalar ishlab chiqarish;

  • Sandwich panellar ishlab chiqarish;

  • Loft uslubidagi mebellar tayyorlash.

Tadbirkorlar tomonidan bildirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda sanoat zonasining mavjud infratuzilmasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.