DP World va “Yangi Avlod”: sanoat zonasi rivojlanishining yangi bosqichi

DP World (BAA) va Tashkent Invest “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi hududida xalqaro multimodal logistika terminali barpo etish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

Qiymati 288 million dollar bo‘lgan loyiha 82 gektar maydonda joylashadi va avtomobil, temiryo‘l hamda aviatransport tarmoqlarini birlashtirib, O‘zbekistonning mintaqadagi asosiy logistika markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi.

Hozirgi kunda “Yangi Avlod”da qiymati 806 million dollardan ortiq bo‘lgan 28 dan ziyod investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yaqin yillarda umumiy investitsiyalar hajmi 1,2 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

“Yangi Avlod” izchil rivojlanib, xalqaro hamkorlik va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.