“SUMEC International Technology & Trade Co., Ltd” kompaniyasi Boshqaruv raisi Hu Haytsjin bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, maxsus investitsion platforma orqali 1 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, tijorat binolari va infratuzilma ob’ektlarini qurish, kompaniya texnologiyalarini jalb qilgan holda sanoat zonalarini rivojlantirish, energetika va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda 2025-yilning IV choragida **“O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma biznes-forumi”**ni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Yakunida Toshkent Invest Kompaniyasi AJ va SUMEC International Technology & Trade Co., Ltd bilan umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollari bo‘lgan kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida “Yangi Avlod Maxsus sanoat zonasining” investitsiya salohiyatini Xitoy kompaniyalari orasida targ‘ib qilish, shuningdek, Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish nazarda tutilgan.

Kelgusida ikki davlat o‘rtasida savdoni rivojlantirish maqsadida davlat va xususiy sektorning birgalikdagi loyihalarini amalga oshirish uchun uzviy hamkorlik qilishga kelishib olindi.