“Sinomach” delegatsiyasining “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasiga tashrifi
2025-yil 20-iyun kuni Xitoyning yirik sanoat kompaniyalaridan biri — China National Machinery Industry Corporation (Sinomach) delegatsiyasi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlarga sanoat zonasining infratuzilma imkoniyatlari, mavjud rezidentlar faoliyati va istiqbolli investitsiya loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Sanoat zonasi rahbari Farrux Abdusalomov mehmonlarga taqdimot o‘tkazib, “Yangi Avlod” zonasining strategik ustunliklari, ishlab chiqarish va logistika salohiyati, shuningdek, qulay huquqiy hamda soliq muhitiga oid jihatlarni tushuntirib berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilib, istiqboldagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha dastlabki fikr almashdilar.
Mazkur tashrif ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.