Press-tur ishtirokchilari “Yangi Avlod” maxsus iqtisodiy zonasiga yetib keldi

OAV vakillariga “Yangi Avlod” maxsus iqtisodiy zonasining imkoniyatlari hamda East Can Solutions MChJ faoliyati batafsil tanishtirildi. Tadbirda ushbu loyiha Toshkent shahrining iqtisodiyotini rag‘batlantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdagi roli tushuntirildi.

East Can Solutions tomonidan tashkil etilgan alyuminiy bankalar zavodi ichki bozorni mustahkamlash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ushbu korxona mahalliy iste’molni qondirish bilan birga, mahsulotlarni MDH davlatlariga eksport qilish imkoniyatiga ega ekani e’lon qilindi.

Mutaxassislar jurnalistlar va blogerlarning savollariga batafsil javob qaytardi.