🇺🇿🇨🇳 CAMCE Engineering Co., Ltd bilan hadli bitim imzolandi

Toshkent shahar hokimligi, “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ va “Yangi Avlod” maxsus iqtisodiy zonasi hamkorligida Xitoyning CAMCE Engineering Co., Ltd kompaniyasi bilan hadli bitim imzolandi.

Hujjat uchta asosiy yo‘nalishda hamkorlikni nazarda tutadi:

  • “Yangi Avlod” MIZ hududini birgalikda boshqarish;

  • strategik investorlar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish;

  • zonaning ichki infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiya kiritish.

Kelishuv CAMCE boshqaruv kengashi raisi janob Van Bo ishtirokida imzolandi.

Ushbu bitim poytaxt sanoatining rivojlanishi va iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga xalqaro investitsiyalarni jalb etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.