"ASI" kompaniyasi vakillari sanoat zonasiga tashrif buyurdi
Sanoat zonasi hududida 2 gektar yer maydonida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan "ASI" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida mehmonlarga sanoat zonasining mavjud infratuzilmasi, investitsion imkoniyatlari hamda ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartib-qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ishlab chiqarish loyihalarini taqdim etish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar o‘rtasida istiqbolli hamkorlik uchun zamin yaratildi.