Yaponiya delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama savdo hamkorligi muhokama qilindi
Yaponiya davlatidan rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda texnologik hamkorlik yo‘nalishlaridagi istiqbolli imkoniyatlar muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirish, yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Konferensiyada Toshkent shahar Investitsiya kompaniyasining “Yangi Avlod” sanoat ishlab chiqarish zonasi bo‘limi rahbari A. Tursunov ham so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida O‘zbekistonning sanoat salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasi bilan aniq hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Ushbu tashrif va uning doirasidagi muloqotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va ishonchli sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.